NERV TIZIMI

NERV TIZIMI
46
Nerv tizimi organizmdagi a’zolar faoliyatini boshqaradi va ular
faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizmni tashqi muhit bilan
bog‘lab turadi. Nerv tizimining markaziy qismi bosh va orqa miyadan,
periferik (chetki) qismi ulardan ketuvchi nervlardan iborat. Barcha nerv
tizimi somatik va vegetativ (avtonom) nervlarga ajratiladi. Somatik
nervlar organizmni tashqi muhit bilan bog‘lash va qo‘zg‘alishni,
vegetativ nervlar moddalar almashinuvi va ichki a’zolar faoliyati (yurak
urishi, ichakning qisqarishi, bezlar sekretsiyasi)ni boshqaradi. Vegetativ
nerv tizimi bir muncha mustaqil (avtonom) ishlash xususiyatiga ega, u
kishi ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni ham bajaradi.
1
2
3
3
Markaziy nerv tiziminig kulrang
moddasi neyronlar va ularning
mayda o‘simtalaridan, oq moddasi
qobiq bilan qoplangan uzun
o‘simtalardan
iborat.
Kulrang
modda orqa miyaning markazida,
bosh miyaning sirtida joylashgan.
Qo‘zg‘alishni
a’zolardan miyaga
uzatadigan
nervlar
markazga
intiluvchi,
ya’ni
sezuvchi,
qo‘zg‘alishni miyadan a’zolarga
o‘tkazuvchi nervlar esa markazdan
qochuvchi, ya’ni harakatlantiruvchi
nervlar deyiladi. Nerv tolalari birga
qo‘shilib nerv boylamlarini, bir
necha boylamlar esa alohida
nervlarni hosil qiladi.
3
3
1- Bosh miya;
2- Orqa miya;
3-Orqa miyadan
nerv tolalari.
chiqqan
NERV TIZIMI
47
ORQA MIYANING TUZILISHI
Orqa miya umurtqa pog‘onasi ichida joylashgan bo‘lib,
markazida orqa miya suyuqligi bilan to‘lgan orqa miya nayi bor. Orqa
miyadan bir juftdan oldingi va orqa nervlar chiqadi. Orqa miyaning
markazidagi kulrang moddasi qo‘shimcha va harakatlantiruvchi
neyronlardan, tashqi oq moddasi neyronlarning uzun o‘simtalaridan
iborat. Nerv qo‘zg‘alishlari orqa nervlar orqali a’zolardan miyaga,
oldingi nervlar orqali aksincha, miyadan ishchi a’zolarga chiqadi. Har
ikkala nervlar umurtqa pog‘onasining ikki yonida qo‘shilib, 31 juft
aralash nervlarni hosil qiladi. Har qaysi nerv muayan bir guruh
muskullar yoki terining ma’lum qismini boshqaradi.
Orqa miya ikkita muhim funksiyani: reflektor funksiya va
o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Ko‘pgina harakat reaksiyalari, masalan, tizza
refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi.
Orqa miyada yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, skelet
muskullari, jinsiy bezlar va boshqalarni idora etadigan nerv markazlari
bor. Nerv markazlari juda ko‘p qo‘shimcha neyronlardan iborat.
1-Oq moddasi; 2-Kulrang moddasi; 3-Orqa shoxidan
chiqqan
sezuvchi
nerv;
4-Oldingi
shoxidan
chiqqan
harakatlantirish nervi; 5-Sezuvchi va harakatlantirish nervining
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan aralash nerv tolasi.
NERV TIZIMI
48
ORQA MIYANING FUNKSIYASI
Orqa miyaning refleks funksiyasi reflekslar hosil qilishdan
iborat.
Refleks (lotincha-reflexus-aks etish, in’ikos degan so‘zdan
olingan) ya’ni organizmning tashqi yoki ichki muhitdagi o‘zgarishlarga,
reseptorlar (ichki va idrok etuvchi nerv uchlari)ning ta’sirlanishiga
javoban markaziy nerv tizimi yordamida ko‘rsatadigan javob reaksiyasi.
Nerv qo‘zg‘alishini qabul qilinib, ishchi a’zolariga uzatiladigan
yo‘li reflektor yoyi deyiladi. Reflektor yoyi quyidagi qismlardan; (1)
ta’sirni qabul qiluvchi reseptorlar, (2) qo‘zg‘alishni markazga uzatuvchi
markazga intiluvchi (sezuvchi) nerv, (3) qo‘zg‘alishni sezuvchi
neyronlardan harakatlantiruvchi neyronlarga uzatadigan oraliq
neyronlar, (4) qo‘zg‘alishni markazdan ishchi a’zolarga uzatuvchi
(harakatlantiruvchi) nerv va (5) ta’sirga javob beradigan ishchi
a’zolardan iborat.
Orqa miyaning o‘tkazuvchilik funksiyasi. Tananing turli
joylaridagi reseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miya nerv
markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida joylashgan
o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga
o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv
markazlarida hosil bo‘lgan
qo‘zg‘alish pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali orqa
miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan ishchi
a’zolariga o‘tkaziladi. Shunday qilib, bosh miya bilan orqa miyaning
o‘tkazuvchi yo‘llari orqali barcha to‘qima va a’zolarning sezish
hamda harakatlanish funksiyasi boshqariladi. Yuqoriga ko‘tariluvchi
va pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari bosh miyaning pastki
qismlarida kesishadi.
NERV TIZIMI
49
TIZZA REFLEKSI
Tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang
moddasida tutashadi. Tizza refleksi shu bilan ifodalanadiki, son to‘rt
boshli muskulining payiga tizza qopqog‘ining pastki chegarasi
yaqinidan tukillatib urib ko‘rilganida oyoq reflektor yo‘l bilan tizza
bo‘g‘imidan yoziladi. Buning sababi shuki, payiga urilganida muskul
tarang tortib, uning nerv reseptorlarida qo‘zg‘alish yuzaga keladi va
bu qo‘zg‘alish markazga intiluvchi neyronlardan orqa miyaning
kulrang moddasiga borib, markazdan qochuvchi neyronlarga va
ularning uzun o‘simtalaridan oyoqni yozuvchi muskullarga o‘tadi.
Tizza refleksida ikki turdagi neyronlar: markazga intiluvchi va
markazdan qochuvchi neyronlar ishtirok etadi.
NERV TIZIMI
50
BOSH MIYA
Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, uzunchoq miya,
ko‘prik, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya va oldingi miya katta yarim
sharlardan iborat.
Uzunchoq miya, ko‘prik va o‘rta miya birga miya dastasini hosil
qiladi. Miya dastasidan 12 juft bosh miya nervlari, shu jumladan
ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi sezuvchan nervlar va bir juft ko‘z
muskullarini harakatlantiruvchi nervlar chiqadi. Qolgan 8 jufti esa
aralash nervlar hisoblanadi.
Uzunchoq miya va miya ko‘prigida ovqat hazm qilish, nafas
olish markazlari joylashgan: chaynash, yutinish kabi ovqat hazm
qilish reflekslari hamda qusish, aksa urish, yo‘talish, yig‘lash kabi
muhofaza reflekslari miyaning ana shu qismi bilan bog‘liq. Miyacha
harakatni boshqaradi, u zararlanganida muskullar tonusi pasayib,
harakat aniqligi yo‘qoladi, tana muvozanati buziladi, bosh, oyoq va
qo‘llar qaltiraydi. O‘rta miyada skelet muskullari tonusi
(tarangligi)ni boshqarish markazi bor, bu yerda tik turish va yurish
reflekslari amalga oshadi. Oraliq miya ikki ko‘rish do‘mboqchasi
(talamus) va do‘mboqcha osti (gipotalamus)dan iborat.
6
5
4
1-Uzunchoq miya;
2-Miyacha;
3-Ko‘prikcha;
4-O‘rta miya;
5-Oraliq miya;
6-katta yarim
sharlar.
3
2
1
NERV TIZIMI
51
BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARI
Katta yoshdagi odamda katta yarim sharlar bosh miya massasini
80% tashkil etadi; miya po‘stlog‘ida 12 mlrd.dan 18 mlrd.gacha
neyronlar bo‘ladi.
Miya po‘stlog‘i ostida joylashgan miya oq moddasi miya
po‘stlog‘ining turli qismlarini bosh miyaning boshqa bo‘limlari va orqa
miya bilan bog‘laydigan nerv tolalaridan tashkil topgan.
Bosh miya yarim sharlari ikkita (chap va o‘ng) qismdan iborat.
Ularning kulrang moddadan iborat sirti po‘stloqni hosil qiladi. Miya
po‘stlig‘ida nerv markazlari, uning ostidagi oq moddasi esa o‘tkazish
yo‘llaridan iborat. Bu yo‘llar miyani bo‘limlarini yarim sharlar bilan
bog‘lab turadi. Har qaysi yarim sharlar egatchalar yordamida peshona ?
miya, chakka va ensa bo‘laklariga bo‘linadi. Eng chuqur egatchamarkaziy egatcha bo‘lib, ular peshona bo‘lagini miya bo‘lagidan ajratib
turad; yon egatchalar chekka bo‘lagini chegaralab turadi.
Yarim sharlar peshona, tepa, ensa, chakka bo‘limlariga bo‘linadi.
Ko‘rish zonasi miya po‘stlog‘ining ensa bo‘lagida joylashgan. Ko‘z to‘r
pardasidan chiqadigan impulslar shu zonaga keladi, bu zona ko‘rish
ta’sirotlarini tahlil qilib, ajratadi. Miyaning ensa bo‘lagi zararlanganida
odam atrofidagi narsalarni bir-biridan ajrata olmay qoladi, ko‘z bilan
ko‘rib chamalash, mo‘ljal olish layoqatini yo‘qotib qo‘yadi. Miyaning
chekka bo‘limida eshitish zonasi joylashgan. Shu soxa yemirilganida
odam kar bo‘lib qoladi. Miya chekka bo‘limining old qismida hid va
ta’m bilish, ensa bo‘limining keyingi qismida teri-muskul sezish,
peshona bo‘limida harakatlanish va yozish zonalari joylashgan. Miya
po‘stlog‘i turli a’zolar ishini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizm
bilan tashqi muhit o‘rtasida bog‘lanishni ta’minlaydi. Har bir kishining
o‘ziga xos psixik faoliyati, ya’ni hulqi, nutqi, zehni, fikrlash va hunar
o‘rganish qobiliyati katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan bog‘liq.
NERV TIZIMI
52
BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARI
1-Peshana bo‘limi; 2-Miya (tepa) bo‘limi;
3-Ensa bo‘limi; 4-Chakka bo‘limi.
1-Ko‘rish zonasi; 2-Teri-muskul zonasi; 3-Harakatlantirish zonasi;
4-Ta’m va hid bilish; 5-Harakatlantirish zonasi; 6-Eshitish zonasi;
7-Ko‘rish zonasi; 8-Teri-muskul zonasi.
NERV TIZIMI
53
BOSH MIYA YARIM SHARLARI PO‘STLOG‘IDA OLIY NERV
MARKAZLARINING JOYLASHUVI
Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida har xil funksiyalarni
boshqarvchi nerv markazlari joylashgan. Masalan, po‘stloqning ensa
qismida ko‘rish, chakka qismida eshitish, peshona qismining ostki
ichkari sohasida hid sezish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida
harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezish markazlari
joylashgan.
1-hid bilish; 2-yozuv (o‘ng qo‘l); 3-siypalash (o‘ng qo‘l);
4-eshitish; 5-gapirish; 6-hisoblash; 7-o‘qish; 8-ko‘rish;
9-siypalash (chap qo‘l); 10-ohang, intonatsiya; 11-orientirlash
(o‘zi turgan joyni aniqlash); 12-geometrik shakllarni aniqlash
markazi.
NERV TIZIMI
54
VEGETATIV NERV TIZIMI
Simpatik qism
Parasimpatik qism
1-orqa miya; 2-umurtqa pog‘onasi atrofida joylashgan nerv
tugunlari (orqa miyadan chiqqan simpatik nerv tolalarining birinchi
qismi shu nerv tugunlarida boshlanib, to‘qima va a’zolarga boradi);
3-simpatik nerv tolalarining a’zolar bilan tutashgan uchlari;
4-parasimpatik (adashgan) nerv tolasi; 5-6-adashgan nerv
tolasining yurak, oshqozon, ichak atrofidagi tugunlari; 7-simpatik
nerv tolasining yurakka tutashgan uchi.
NERV TIZIMI
55
VEGETATIV NERV TIZIMINING TA'SIRI
Simpatik
bo‘limining ta’siri
Parasimpatik
bo‘limining ta’siri
Yurak
Qisqarishlar ritmini
tezlashtirib, kuchini
oshiradi
Qisqarishlar ritmini
sekinlashtirib, kuchini
kamaytiradi.
Toraytiradi.
Yurak tomirlari
Kengaytiradi
Arteriyalar
Toraytiradi, qon
bosimini oshiradi
Kengaytiradi, qon
bosimini pasaytiradi
Hazm yo‘li
Peristaltikani
susaytiradi.
Peristatilkani
tezlashtiradi
Ta’sir ko‘rsatmaydi
Taloq
Qisqartirib, ichidan
qon haydab chiqaradi
Jigar
O‘t yo‘llari va o‘t
pufagini bo‘shashtirib,
sfinkterni toraytiradi,
bu o‘t to‘planishga
yordam beradi.
O‘t
yo‘llarini
toraytirib,
sfinkterni
bo‘shashtiradi, bu o‘t
yo‘llaridan
o‘t
chiqishiga olib keladi.
Buyraklar
Tomirlarini toraytirib,
diurezni kamaytiradi.
Ta’sir ko‘rsatmaydi
Qovuqni bo‘shashtirib,
sfinkterini qisqartiradi
Qovuqni qisqartirib
sfinkterini
bo‘shashtiradi
Ta’sir ko‘rsatmaydi
A’zo
Qovuq
Ter bezlari
Sekretsiyasini
kuchaytiradi
Ko‘z rangdor
pardasining muskul
tolalari
Ko‘z qorachig‘ini
kengaytiradi.
Ko‘z qorachig‘ini
toraytiradi
Sochini
tikkaytiradigan
muskullar
Qisqartiradi (sochlar
tikkayadi)
Bo‘shashtiradi (sochlar
teriga taqalib turadi)
NERV TIZIMI
56
NERV (ASAB) TIZIMINING KASALLIKLARI
Miya va nerv tizimining kasalliklari, boshqa a’zolar tizimining
kasalliklari singari, irsiy va tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi.
Miya ishining irsiy buzilishi organizmda ayrim moddalarning, masalan,
fermentlarning yetarlicha sintezlanmasligiga bog‘liq. Shunga ko‘ra,
oddiy ovqatning ba’zi komponentlari zaharli bo‘lib qoladi. Bolalar
organizmida bunday moddalar to‘planmib qolsa, ularning ongi ya[shi
rivojlanmaydi.
Bakteriyali infeksiya miya kasalligining jiddiy sababchisi
hisoblanadi.ular
umumiy
falajga
yoki
miya
po‘stlog‘ining
yallig‘lanishiga (meningitga) sabab bo‘lishi mumkin.
Meningit kasalligini meningokok deb ataluvchi mikroblar
qo‘zg‘atadi. Bunda bemorning boshi og‘riydi, tana harorati koariladi,
ko‘ngli aynib qayd qiladi. Qo‘l-oyoqlari va bo‘yin muskullarining
tarangligi oshadi. Xastalik og‘ir kechganda bemor xushini yo‘qotishi
va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin.
Orqa miya to‘qimasining yallig‘lanishiga mielit deyiladi.bu
kasallik ko‘pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar
qo‘zg‘atadi.va poliomielitkasalligiga sabab bo‘ladi. Kasallikning
sabablari shundan iboratki, orqa miyaning zararlangan sigmentlari
tomonidan boshqariladigan ishchi a’zolarning sezuvchanligi va harakati
susayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Yuqoridagi kasallik belgilari sezilishi
bilanoq asab (nerv) kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak.
Gripp, poliomielit va shunga o‘xshash kasalliklarning asorati
tufayli nerv tizimining faoliyati buziladi. Masalan, gripp viruslari
miyaning o‘tkazuvchi yo‘llarini zararlashi mumkin.
Nerv tizimiga zaharlar, masalan, alkagol, ba’zi metallarning
tuzlari, narkotik moddalar ta’sir etsa, uning ishi buziladi. Akkogol har
qanday tirik hujayra uchun zaharli. Jarrohlikda ishlatiladigan asboblarni
dezinfeksiyalashda undan foydalanish ham ana shunga asoslangan.
Miyaning kislorodga va oziq moddalarga talabi katta: tanadagi
butun qonning 1/5 qismi miyaga zarur. Qon tomirlari torayganda
miyaga qon bilan keladigan kislorod va oziq moddalar miqdori
kamayadi, natijada uning ishi buziladi. Miyaga qon quyilishi, turli
shikastlanishlar uning qon bilan ta’minlanishi buzilishiga sabab bo‘ladi.
Bosh miya har qanday: xoh og‘ir, xoh yengil shikastlanganda ham unga
albatta e’tibor berish va vrachga murojaat etish kerak.
Miyaning tuzilishi va funksiyalari haqida to‘plangan bilimga
asoslanib, uni kasallantiruvchi sabab-omillarni o‘z vaqtida bilish va
aniqlash mumkin bo‘ladi. Bunday kasalliklarning sabablarini aniqlash
tufayli ularni davolash va oldini olishlarning yangi usullarini ishlab
chiqish imkoniyati yaratildi.
SEZGI A’ZOLARI
57
ANALIZATORLAR, SEZGI A’ZOLARI
Sezgi a’zolari organizmga kelib turadigan har turli ta’sirotlarni
idrok etishni ta’minlaydi, organizmning atrofidagi olam bilan o‘zaro
bog‘lanishi va doim o‘zgarib turadigan sharoitiga moslanib olishi
uchun, bilish jarayoni yuzaga kelishi uchun xizmat qiladi.
Ko‘rish,
eshitish,
hid
bilish
a’zolari,
teri
sezuvchanligi,
muvozanat a’zolarining o‘ziga xos tomonlarini belgilab beruvchi
asosiy
elementlar
nervlardan
muayyan
markaziy
nerv
ta’sirotlarning
tizimiga
yetib
energiyasini
keluvchi
tegishli
qo‘zg‘alish
jarayoniga aylantirib beradigan maxsus retseptorlargir. Har bir turdagi
retseptorlar ma’lum bir xil ta’sirotlarga hammadan ko‘ra ko‘proq
sezgir bo‘ladi, ana shu retseptorlar tomonidan qabul qilingan
ta’surotlar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining har qaysi sezgi a’zosiga
tegishli zonalaridan uzil-kesil bilib olinib, analiz qilinadi.
Organizmning
tashqi
va
ichki
muhitidan
kelib
turadigan
ta’sirotlarni idrok etadigan va analiz qiladigan nervapparatlarini
I.P.Pavlov
analizatorlar
deb
atagan.
Retseptorlar
analizatorning
periferik halqasidir. Markazga intiluvchi neyronlar va retseptordan
katta yarim sharlar po‘stlog‘igacha boradigan o‘tkazuvchi yo‘llar
analizatorning o‘tkazuvchi bo‘limini tashkil etadi. Katta yarim sharlar
po‘stlog‘ining tegishli retseptorlardan kelayotgan axborotni qabul
qilib, idrok etuvchi va analiz qiluvchi joylari analizatorning markaziy
qismini tashkil etadi. Analizatorning hamma qismlari yaxlit, bir butun
bo‘lib
ishlaydi.
Ulardan
birontasi
faoliyatining
buzilishi
analizator funksiyalarining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
butun
SEZGI A’ZOLARI
BOSH MIYA PO‘STLOG‘IDA SEZGI A’ZOLARI
MARKAZLARINING JOYLASHUVI
2
5
3
1
4
1-eshitish markazi bosh miya po‘stlog‘i chekka
qismining pastki sohasida joylashgan; 2-ko‘rish markazi ensa
sohasida; 3-barmoqlar terisidagi paypaslash markazlar bosh
miya po‘stlog‘i tepa qismining o‘rta sohasida; 4-hid bilish
markazi bosh miya po‘stlog‘i chakka qismining oldingi yuqori
sohasida; 5-ta’m bilish markazi bosh miya po‘stlog‘i chakka
qismining yuqori o‘rta sohasida.
58
SEZGI A’ZOLARI
59
KO‘RISH A’ZOSI
Ko‘z, ya’ni ko‘rish a’zosi odam va ko‘pchilik hayvonlarning
hayotida juda muhim o‘rin egallaydi va narsalar hamda atrofdagi
muhit xossalari-yoritilishi, shakli, katta-kichikligi, rangi va
boshqalar to‘g‘risidagi axborotni idrok etishni ta’minlaydi.
Ko‘z kalla suyagining ko‘z kosasida joylashgan. Ko‘z
soqqasidan uni bosh miya bilan birlashtiradigan ko‘rish nervi chiqadi.
Ko‘z ko‘z soqqasidan, ko‘rish nervi va yordamchi qismlardan
(ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar va ularning nervlari,
qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari kabilardan) iborat.
Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki qismdan; ko‘zning
optik sistemasi va retsepto‘r qismidan iborat.
1
2
11
10
9
3
8
4
5
6
7
1-Oqsil parda; 2-to‘r parda; 3-sariq dog‘; 4-ko‘r dog‘;
5-ko‘rish nervi; 6-tomirli qobiq; 7-shishasimon tana; 8-gavhar;
9-yoy parda; 10-shox parda; 11-kiprik muskullari.
SEZGI A’ZOLARI
60
KO’ZNING TUZILISHI
Ko‘rish nervining mayda tolachalari ko‘z soqqasi ichkito‘rsimon pardasining orqa yuzasidan joylashgan tayoqchasimon va
kolbachasimon reseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo‘lib,
ulardagi qo‘zg‘alish qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko‘rish
nervi tolasini hosil qiladi va u to‘rsimon pardaning orqa qismida
joylashgan maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o‘rta
miyaga va oraliq miyaning ko‘rish do‘mbog‘iga boradi. So‘ngra
bosh miyaning o‘tkazuvchi yo‘llariga birlashib, bosh miya
po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi nerv
hujayralariga tutashadi.
3
1
2
1-Ko‘zning to‘r pardasida joylashgan yorug‘lik sezuvchi
hujayralar (ko‘rish analizatorining periferik qismi-reseptorlar);
2-ko‘rish nervi (ko‘rish analizatorining o‘tkazuvchi qismi);
3-bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish
markazi (ko‘rish analizatorining markaziy qismi).
SEZGI A’ZOLARI
61
ESHITISH A’ZOSI
Havodagi tovush tebranishlri eshitish a’zosiga ta’sir qilib, atrofdagi muhitda
nimalar bo‘layotganligi to‘g‘risiga odamga signallar berib turadi. Eshitishning
odam uchun alohida ahamiyati bor, chunki ilk go‘daklik davrida qulog‘I
eshitmaydigan bo‘lib qolgan odam so‘z aytish, gapirish layoqatini yo‘qotib
qo‘yadi. Mehnat faoliyati bilan ijtimoiy faoliyatda odamlarning bir-biri bilan aloqa
bog‘lashini, muloqotda bo‘lishini ta’minlabberadigan og‘zaki nutqni odam eshituv
a’zosi yordamida idrok etadi.
Eshitish a’zosida tashqi, o‘rta va ichki quloq farq qilinadi.
Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Tashqi quloq
tovush tebranishlarini tutib, nog‘ora pardaga o‘tkazadi, nog‘ora pardaning
tebranishlari eshituv suyakchalari zanjiriga o‘tadi.
O‘rta quloq chakka suyagining ichida joylashgan bo‘lib, nog‘ora
bo‘shlig‘I bilan eshituv nayidan iborat, nog‘ora bo‘shlig‘ida eshituv
suyakchalari-bolg‘acha, sandon va uzangu bo‘ladi, eshituv nayi o‘rta quloqni
burun-halqum bilan tutashtirib turadi.
Ichki quloq chig‘anoq, uchta yarim kanallar tizimi, oval va dumaloq
xaltachalardan iborat. chig‘anoqda eshituv nervi retseptorlari-tuksimon hujayralar
bor, bular chig‘anoqni ikki kanalga bo‘lib turadigan yupqa membrananing
ingichka tolalarida joylashgan. Har bir tovush (ton) ta’siriga javoban asosiy
membrananing ma’lum bir qismi tebranadi. Bularda yuzaga kelgan qo‘zg‘alish
eshituv nervidan bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining eshituv zonasiga
etib borib, tovushning tabiati, kuchi, balandligi shu yerda uzil-kesil farq qilinadi.
Eshituv a’zosi gigiyenasi asosiy qoidalaridan biri quloq supralari va tashqi
eshituv yo‘llarini toza saqlab borishdir. Eshituv yo‘lini qattiq narsalar bilan tozalash
mutlaqo mumkin emas. Kuchli tovushlar va uzoq ta’sir qilib turadigan shovqin
quloqqa katta zarar yetkazadi.
5
1
4
3
2
9
8 7
2
6
1-Quloq suprasi; 2-suyak; 3-Yarim doira kanallari; 4-Chig‘anoq; 5-eshitish
nervi; 6-Yumaloq tuynukcha; 7-Oval tuynukcha; 8-Eshitish suyakchalari;
9-Nog‘ora parda.
SEZGI A’ZOLARI
62
HID BILISH A’ZOSI
Burun bo‘shlig‘ining shilimshiq pardasida ko‘pdan-ko‘p hid
bilish retseptorlari joylashgan. Ular gaz tarqatuvchi gazsimon
moddalardan ta’sirlanadi. Retseptorlardan impulslar hid bilish nervi
bo‘ylab bosh miya katta yarim sharlarining hid bilish zonasiga boradi.
Hid bilishningning odam uchun ahamiyati katta. Bu xususiyat
yordamida biz atrof-muhit havosining toza yoki iflosligini, iste’mol
qilinadigan taomlarni va ichimliklarni hidiga qarab ularning sifatini,
iste’mol qilish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaymiz. Hid bilish
analizatori upa-elik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona
xodimlarida, oshpazlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.burun shilliq
pardasining tez-tez yallig‘lanishi va uni o‘z vaqtida davilatmaslik hid
bilishning buzilishiga sabab bo‘ladi.
2
1
3
A-burunning shilliq pardasidagi hid bilishretseptorlari;
B-hid bilish analizatorlarining qismlari;
1-hid bilish retseptorlari; 2- hid bilish nervi; 3-bosh miyada
joylashgan hid bilish markazi.
SEZGI A’ZOLARI
63
TA’M BILISH A’ZOSI
Ta’m bilish retseptorlari tilning shilimshiq pardasi o‘siqlaridata’m bilish so‘rg‘ichlarida joylashgan ta’m bilish kurtaklarida
to‘plangan. Ular tilning uchida, yon tomonlarida va orqa qismida,
halqum devorida va yumshoq tanglayida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Ta’m
bilish reseptorlari suvda yoki so‘lakda erigan voddalar ta’sirida
qo‘zg‘aladi. Queuq ovqat ta’msiz bo‘lib tuyuladi.
Ularning qo‘zg‘alishi til-tomoq nerv tolalariga o‘tib, ular orqali
uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq miyadagi ko‘rish do‘mbog‘I,
so‘ngra bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘I chakka qismining yuqori
sohasidagi ta’m bilish markaziga boradi. Bu markazda ta’sir analiz va
sintez qilinib, uning tabiati ta’m sifatida aniqlanadi.
Odam to‘rt xil ta’mni; sho‘r, nordon, shirin va achchiqni bilish
qobiliyatiga ega.
1
3
1- shirin: 2- achchiq; 3- nordon; 4- sho‘r.
2
4
SEZGI A’ZOLARI
64
TERI ORQALI SEZISH
Terida og‘riqni sezuvchi, haroratni sezuvchi, siypalashni va
bosimni sezuvchi retseptorlar bor.
Retseptorlarning sezuvchanligi terining turli qismlarida bir xil
emas. Masalan; sovuqni sezuvchi retseptorlar terining yuzarog‘ida,
issiqni sezuvchilari esa chuqurroq qavatida joylashgan, burun uchida,
lab terisida, qo‘l barmoqlari uchida va oyoq osti yuzasida siypalashni
va bosimni sezuvchi retseptorlarning sezuvchanligi juda rivojlangan
bo‘ladi. Shuning uchun ko‘zi ojiz kishilar oyoqlari bilan paypaslab
qulay
yo‘lni
topadi,
qo‘l
barmoqlari
bilan
paypaslash
orqali
buyumlarni aniqlaydi.
Og‘riqni sezuvchi retseptorlar himoya vazifasini o‘taydi, ya’ni
og‘riq sezish tufayli odam o‘zini noqulay ta’siridan chetga oladi,
himoyalanadi.
Teridagi
og‘riqni
sezuvchi
retseptorlarning
qo‘zg‘alishi
sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miyadagi quyi nerv markazlariga,
ulardan oraliq miyadagi po‘stloq osti markaziga va nihoyat, bosh miya
yarim sharlari po‘stlog‘ining orqa markaziy pushtasida joylashgan
sezish markazlariga boradi. Markazdagi nerv hujayralarida ta’sior
analiz va sintez qilinib, og‘riqning tabiati aniqlanadi.
Odam organizmi zararlangan bir sezgi a’zosining o‘rnini
boshqasi toirishga qobiliyatli. Masalan, ko‘z ko‘rmay qolganda
eshitish, hid bilish qobiliyati tuyg‘usi kuchayadi.
OLIY NERV FAOLIYATI
65
SHARTLI VA SHARTSIZ REFLEKSLARNING
XUSUSIYATLARI
Shartsiz refleks
Shartli reflekslar (vaqtincha
bog‘lanish)
Mazkur
turning
tug‘ma, Individual rivojlanish prossesida
nasldan-naslga
o‘tadigan shartsiz
reflekslar
asosida
reflector reaksiyalari
orttirilgan reflekslar
Reflekslrning
markazlari
po‘stloq osti yadrolari, miya
stvoli
va
orqa
miyada
joylashgan
Barqaror. Butun umr bo‘yi
saqlanib
boradi.
Ularning
miqdori cheklangan.
Organism qismlarini bir-biri
bilan bog‘lab, reflector yo‘l
bilan o‘z-o‘zini idora etishni
amalga oshiradi, ichki muhitni
doim bir xilda saqlaydi.
Reflekslarning markazlari katta
yarim
sharlar
po‘stlog‘ida
joylashgan
O‘zgaruvchan. Muhit sharoiti
o‘zgarganida
yangilari
paydo
bo‘lib, eskilari so‘nib boradi.
Shartsiz ta’sirot kelib tushishi
to‘g‘risid
xabar
beruvchi
ta’sirotga
(shartli
ta’sirotga)
javoban organizmning reflector
reaksiyasini yuzaga chiqaradi.
I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ta’limotning yaratuvchisi
deb hisoblanadi.
Oily nerv faoliyati- bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘I va unga
eng yaqin po‘stloq osti tuzilmalarining funksiyasidir.
Oliy nerv faoliyati reflector xarakterga ega. Oily darajadagi
hayvonlar va odam uchun shartsiz va shartli reflekslar xos. Bularning
o‘ziga xos tomoni quyidagilardan iborat.
Hayot faoliyatning nisbatan doimiy muhit sharoitida davom etishini
ta’minlaydigan shartsiz reflekslar odamda tug‘ilgan paytidan boshlab xos
bo‘ladi. Ovqatlanish (so‘rish, yutish, so‘lak ajratish va boshqalar),
himoyalanish (yo‘talish, ko‘zlarni yumib ochish, qo‘lni tortib olish va
boshqalar), nafas reflekslari va boshqalar ana shu shartsiz reflekslar
jumlasiga kiradi.
Shartli reflekslar shartli ta’sirot ta’siri ostida shartsiz reflekslar
asosida hosil qilinadi. Bular tashqi muhitning o‘zgarib turadigan
sharoitiga organizmning ancha mukammal moslanib olishini ta’minlaydi.
Jismoniy va aqliy mehnatni navbatlashtirib boorish, mehnatni
oqilona uyushtirish, kun tartibiga amal qilish, aktiv dam olish markaziy
nerv tizimini horib-charchashdan asrash uchun birinchi darajali
ahamiyatga ega.
OLIY NERV FAOLIYATI
HIS-TUYG‘U
HAR XIL XOLATNI IFODA ETISHDA MIMIKANING ROLI
66
OLIY NERV FAOLIYATI
HIS-TUYG‘U
HAR XIL XOLATNI IFODA ETISHDA MIMIKANING ROLI
67